Ustaxonangiz bitta ilovada
Buyurtmalar, mijozlar va qarzlar bir joyda, mijoz esa taʼmir holatini Telegramda bilib turadi. Telefon, noutbuk, avtomobil yoki maishiy texnika: qaysi taʼmir boʻlmasin.

Mijoz har qadamni koʻradi
Usta holatni oʻzgartiradi, mijoz shu zahoti Telegramda xabar oladi. Qoʻngʻiroq qilib soʻrash shart emas: barcha buyurtmalari botda va saytda koʻrinadi. Tugmani bosib koʻring.
Ekran singan, sensor ishlamayapti
📥 Qabul qilindi
#127 · Samsung Galaxy A54
🏪 TechVision
Holati oʻzgarganda xabar beramiz.
10:02
Mijoz va uning qarzi
Har bir mijozning buyurtmalari, toʻlovlari va qarzi bitta sahifada. Kim qancha qarz ekani doim aniq, qarzdorlar alohida roʻyxatda.


Hisobotlar
Bugun, hafta yoki oy boʻyicha: nechta buyurtma, qancha pul tushdi, qaysi qismlar koʻp ketdi. Muddati oʻtgan buyurtmalar ham shu yerda.


Jamoa bilan
Ustalarni havola orqali taklif qiling. Kim buyurtmani qabul qilgani va kim topshirgani yozib boriladi.


Mijoz bahosi
Buyurtma topshirilgach, mijoz botda 1 dan 5 gacha yulduz qoʻyadi va sababini yozadi. Har bir baho sizga botda keladi, oʻrtacha baho esa hisobotlarda.


Qurilmaga yorliq
Buyurtma raqami va mijoz bilan yorliqni chop etib, qurilmaga yopishtiring. Yorliq printeri uchun 58×40 yoki 40×30 mm.


Telefonda ham
Kompyuter shart emas: ilova telefon brauzerida ishlaydi va uni oddiy ilovadek oʻrnatsa boʻladi. Kompyuterda esa telefon raqami va parol bilan kirasiz.


Qaysi taʼmir boʻlsa ham
Telefon · Planshet · Noutbuk · Kompyuter · Printer · Televizor · Kir yuvish mashinasi · Muzlatgich · Konditsioner · Suv isitgich · Gaz plita · Changyutgich · Mikrotoʻlqinli pech · Avtomobil
Boshlash uchun bitta qadam
Botga telefon raqamingizni yuboring: roʻyxatdan oʻtish shu. Keyin ilovada ustaxonangizni oching.
Telegram botda boshlashAssalomu alaykum! Ustaxonalar sizni telefon raqamingiz orqali taniydi. Raqamingizni yuborsangiz, barcha buyurtmalaringizni shu yerda koʻrasiz va tayyor boʻlganda xabar olasiz. Raqamingiz faqat shu maqsadda ishlatiladi.
Pastdagi tugmani bosing.
